"Bavariya" Myullerga yangi shartnoma taklif etmoqchi

12 noya 2015, 08:48
"Bavariya" klubi jamoa yetakchisi Tomas Myuller bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirishni niyat qilgan.


Myunxenliklar Tomas Myullerning maoshini keskin oshirishmoqchi. "Bavariya"ning Myuller bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan. Biroq "Bavariya" Myullerga bir qator jamoalardan ko'plab takliflar tushayotgani bois futbolchiga yaxshilangan shartnomani taklif etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, yozda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Myuller uchun 100 million evro taklif etgandi. Ammo "Bavariya" Myullerni sotish niyati yo'qligini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild