

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya", "Leyptsig" va "Portu" kelasi hafta turnirning yangi ishtirokchilari bo'lishi mumkin.
Oldinroq, Superliga tashkil etilgani va unda "Arsenal", "Chelsi" "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Real", "Barselona", "Atletiko", "Milan", "Inter" va "Yuventus" ishtirok etishi ma'lum bo'lgandi. Yana 8 ishtirokchi keyinroq e'lon qilinishi mumkin. Turnir 2021 yilning avgustida start olishi kutilmoqda.
UEFA yangi turnirda ishtirok etishni xohlayotgan jamoalarga 50-60 milliard evro miqdorida davo ariasini yozishi mumkin. Shu bilan birga, UEFA bu klublarni evrokuboklardan chetlatish xavfi ham mavjud.



