"Bavariya" Jekson bilan kelishuvga erishdi. Endi "Chelsi" bilan muzokaralar bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2025, 21:35
Nikolas Jekson "Bavariya"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Myunxen klubi 24 yoshli hujumchi bilan ehtimoliy hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi, deb yozadi Bild jurnalisti Kristian Falk.

Nemislar o'yinchini ijaraga olishni xohlamoqda va "Chelsi" bilan muzokaralar yaqin kunlarda start oladi.

O'tgan mavsumda APLda Jekson 30 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild