"Bavariya" futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2021, 21:44
Myunxen klubi himoyachisi Niklas Zyulening Germaniya terma jamoasi ixtiyorida koronavirusga topshirgan testi musbat natijani ko'rsatdi, deb xabar berdi "Bild".

Germaniya futbol ittifoqi futbolchilardan birida koronavirus aniqlanganini xabar qildi, ammo o'yinchi nomini oshkor qilishni istamadi.

Qo'shimcha qilinishicha, futbolchida hech bir alomatlar sezilmayotgan bo'lsa-da, u izolyaciyaga olingan. Oldinroq Niklas vakcina qabul qilgandi.

Germaniyaning JCH-2022 saralashi doirasidagi bo'lajak bahslari Lixtenshteyn (11 noyabr) va Armaniston (14 noyabr)ga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild