"Bavariya" ertagi davom etadi. Klub Keyn uchun yana taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
5 avg 2023, 10:13
"Bavariya" "Tottenxem"ga Xarri Keynni sotib olish uchun yana bir taklif jo'natdi.

Ammo Myunxen klubi endi kutishni istamayapti va taklifga tezroq javob berilishini so'ramoqda. "Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" hujumchi uchun 100 mln evro va bonus pullarini taklif qilgan.

"Tottenxem" esa kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan futbolchisini sotib yuborishni istamoqda. Biroq summa ular uchun kamdek ko'rinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Keynga "Tottenxem" shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, biroq hujumchi rad javobini bergan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports