“Bavariya” YCHLda 2 ta rekord qo'ydi

Eldor Akmurzayev
2 noya 2022, 09:45
“Bavariya” Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichida 100 foizlik natija ko'rsatdi.

Myunxenliklar “o'lim guruhi”da “Inter”, “Barselona” va “Viktoriya Plzen”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Qizillar” o'tgan mavsum ham guruhni g'alabali seriya bilan yakunlashgandi. O'shanda jamoaga “Benfika”, “Barselona” va “Dinamo K” raqiblik qilgan.

Shu tariqa, “Bavariya” Chempionlar Ligasida qatorasiga 2 mavsum guruhni yuz foizlik natija bilan yakunlagan ilk jamoaga aylandi. Bundan tashqari, klub uchta mavsumda guruh bosqichidan o'rin olgan 6 ta uchrashuvning barchasida g'olib bo'lib, mazkur natija bo'yicha ham musobaqa rekordchisiga aylanib oldi.

Bungacha YCHLda “Milan” (1992/93), PSJ (1994/95), “Spartak” (1995/96), “Barselona” (2002/03), “Real” (2011/12, 2014/15), “Ayaks” (2021/22) va “Liverpul” (2021/22) guruh raundida “perfect” natijaga erishishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA