"Bavariya" darvozabonidan tarixiy muvaffaqiyat

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024, 13:01
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer tarixiy natijaga erishdi, deb xabar berdi "Bayern & Germany".

Qayd etilishicha, "Bavariya" 6:1 hisobida zafar quchgan "Xolshtayn" jamoasi darvozabonning Germaniya Bundesligasida mag'lub etgan 37-raqibiga aylandi. Shu tariqa "Bavariya"ning 38 yoshli posboni Bundesliga tarixida milliy chempionatda 37 ta jamoani mag'lub qilgan ilk futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord – 36 ta raqibni enggan "Bavariya" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi sobiq himoyachisi Lotar Matteusga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia