"Bavariya" Blind bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2023
"Bavariya" Deyli Blindni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

32 yoshli niderlandiyalik himoyachi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolandi. U myunxenliklar safiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. Bungacha u "Ayaks" bilan shartnomasini bekor qilgandi. 

Blind "Bavariya"da 23-raqamda harakat qiladi. Bugun u jamoa bilan Doxadagi yig'inga yo'l oladi. 

Avvalroq, Blind "Bavariya"da yiliga 2 - 2,5 million evro atrofida maosh olishi haqida aytilgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbayern.com