"Bavariya" rahbariyati "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Myunxen klubi vakillari futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida moliyaviy shartlar muhokama qilindi, ammo aniq ma'lumotlar yo'q. Sanchesning agenti "Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan ham ishlaydi.