"Bavariya" afsonasi Lyuka Ernandesni jiddiy tanqid qildi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023, 14:56
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus PSJga o'tib ketgan himoyachi Lyuka Ernandesni tanqid qildi.

"Bundan bir qancha oylar oldin Ernandesga taklif tushadigan bo'lsa, Rayner Kalmundning bir iborasini ishlatish kerak degandim: "Uning ortiga muxr bosib, tezroq qutuling".

Lyukadan klubning biror insoni minnatdor emas, o'z xarakterini ham namoyish qila olmadi. Agarda u "Bavariya" uchun mehnat qilishni istaganida, kamtarlik bilan shartnoma tuzardi. Chunki o'tgan 4 yil mobaynida maydondan tashqaridagi va shaxsiy hayotidagi muammolarida ham "Bavariya" unga yordam berib turdi.

Men uchun Ernandes - xarakteri yo'q futbolchi sifatida yorqin namuna", - dedi Matteus.

Eslatib o'tamiz, PSJ futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va transferi uchun 45-50 mln evro to'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild