

Insayder Kristian Falk xabariga ko'ra, Myunxen klubi 2022 yil "Barselona" yoshlar jamoasida to'p tepgan 14 yoshli Yamal bilan bitim imzolashga harakat qilgan.
"Bavariya" vakillari keyinchalik futbolchining manfaatlarini himoya qilgan agent Ivan De la Penya bilan muzokara olib borgan. Yamal agentini o'zgartirgani uchun so'nggi lahzada kelishuv barbod bo'lgan. De la Penya o'rnini Jorje Mendesh egallagan.
Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar 18 yoshli ispaniyalikni bu yil "Oltin to'p"ga da'vogarlardan biri deb hisoblamoqda.



