Bausa: "Agar Argentina terma jamoasi tarkibini Messi aniqlaganida, men uyga ketgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
23 dek 2016, 10:46
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa yana bir bora jamoa tarkibini "Barselona" hujumchisi Lionel Messi aniqlab berishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Argentina terma jamoasi tarkibini Messi aniqlaydi deydiganlarda ha deb javob bera olmayman. Agar tarkibni Messi aniqlaganda, men uyga ketgan bo'lardim" - deydi Bausa.

Oldinroq Argentina matbuoti Messi Bausaga o'z do'stlarini milliy jamoaga chaqirishini talab qilgani e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Rivadavia