Bartomeu nega "Barselona" Neymarni ortga qaytarmaganligini aytdi

Alisher
3 sen 2019, 15:51
PSJ forvardi Neymarning shu yozda "ko'k-anorranglilar" safiga qaytish ehtimoli juda baland edi.

Ammo, bu transfer PSJning katta talabi tufayli barbod bo'ldi.

Pari Sen-Jermen"ning taklifiga ko'ra, Todibo va Rakitich PSJ futbolchisiga aylanishi, Dembele esa ijara asosida francuz klubiga o'tishi kerak edi. 3 futbolchidan tashqari klub "ko'k-anorranglilar"dan 130 million evro miqdorida mablag' so'ragan.

Qayd etish kerakki, aynan shundan so'ng Bartomeu Neymarning sotib olish fikridan qaytgan. 

"Hammasi tugadi. Biz dunyo futbolida kulgi bo'lishni xohlamaymiz", - degan Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo