Polsha darvozaboni A Seriya o'yinida jarohat olib, mundialni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
14 noya 2022, 01:54
"Speciya" posboni Bartlomey Dronovski JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi.

Polsha terma jamoasi darvozaboni "Verona"ga (2:1) qarshi bahsning birinchi bo'limida jarohat oldi.

Interia Sport jurnalisti Sebastyan Stashevskiyning xabar berishicha, futbolchi to'pig'idan jarohat olgan. Dastlabki tashxisga ko'ra, suyaklarning yorilishi paydo bo'lgan.

Drongovski Qatardagi chempionatni o'tkazib yuboradi, uning o'rniga "Kopengagen"dan Kamil Grabara chaqiriladi.

25 yoshli posbon joriy mavsum A Seriyada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/s_staszewski