Bartomeu: "Luis Enrike "Barselona" bilan shartnoma uzaytirishini istaymiz"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 13:54
"Barselona" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening ishidan mamnun. Bu haqda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi.

"Biz, Luis Enrike "Barselona" bilan shartnoma uzaytirishini istaymiz. Ammo u bilan kelishib olganmiz, ushbu savol aprel oyigacha ko'tarilmaydi. Bu ishni bajarish uchun etarlicha vaqtimiz bor" - deydi Bartomeu.

Luis Enrike 2014 yildan "Barselona"ga kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports