"Barselona"ning sobiq sport direktori: "Biz Koutinoni Inestaning o'rnini bosa oladi deb o'ylardik"

Alisher
24 may 2019, 10:55
"Barselona"ning sobiq sport direktori Roberto Fernandes kataloniyaliklar sotish niyatida yurgan yarim himoyachi Filippe Koutino haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hech kim uning mahoratiga shubha qilmaydi, ammo u hujumda o'ynash bo'yicha yuqori darajadagi futbolchi emas. Men u bilan hujumchi sifatida shartnoma imzolamaganman. Biz uni Inestani o'rnini bosa oladi deb o'ylardik.

Uning transferiga shubha qilmayman, u yarim himoyada o'ynashi mumkin. U to'pni boshqarishni, nazorat qilishni va pressing qilishni biladi. U ajoyib o'yinchi.

Hozirgi vaziyat uning uchun ham, murabbiy uchun ham qiyin", - deydi Fernandes.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es