“Barselona”ning PSJga qarshi javob o'yini uchun futbolchilar qaydnomasi ma'lum

Eldor Akmurzayev
9 mar 2021, 19:40
Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ – “Barselona” o'rtasidagi Parijdagi bahs 10 mart kuni bo'lib o'tadi.

Kataloniyaliklarning mazkur o'yin uchun qaydnomasidan jarohatlari sabab himoyachilar Jerar Pike va Ronald Arauxo joy olmadi.

Darvozabonlar: ter Shtegen, Neto, Penya

Himoyachilar: Dest, Langle, Umtiti, Xunior, Mingesa, Alba

Yarim himoyachilar: Buskets, Pyanich, Pedri, Puch, de Yong, Moriba, Mateus, de la Fuente

Hujumchilar: Grizmann, Breytueyt, Messi, Dembele, Trinkao

Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda PSJ 4:1 hisobida zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona