"Barselona"ning bir yo'la ikki futbolchisi bir necha haftaga safdan chiqdi
Narzulla Saydullayev
30 iyul 2018, 08:02
"Barselona" yarim himoyachilari Andre Gomesh va Denis Suares International Champions Cup musobaqasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2, 5:3 pen.) jarohat olishgandi.
Futbolchilar son qismining orqa tomonidan jarohat olishgani ma'lum bo'ldi. Gomesh ikki oy, Suares esa 3 hafta maydonga tusha olmaydi.
Har ikkala o'yinchi ham "Barselona"ning AQSHdagi yig'inidan Ispaniyaga ketishdi.