Andre Gomesh Fransiyada to'p tepadi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022, 11:38
"Everton" yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini "Lill" klubida davom ettiradi.

Fransiya jamoasi 29 yoshli portugaliyalikni keyingi yozgacha mjaraga oldi. 

Gomesh shu vaqtga qadar "Benfika", "Valensiya" va "Barselona"da harakatlangan. Transfermarkt portali futbolchini 18 million evroga baholagan.

Gomesh o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: losc.fr