"Barselona"ning 2023 yil uchun transfer maqsadi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2022, 18:15
Busketsga o'rinbosar tayyor.

"Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi "Barselona"ning 2023 yildagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Ispaniyalik futbolchi Serxio Busketsga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Futbolchining transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi.

23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq MYU Subimendiga ko'z tikayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo