"Barselona"ning 16 yoshli futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
8 may 2020, 20:38
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Xurado faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 16 yoshli futbolchi Kataloniya klubi taklif qilgan shartnomaga rad javobini bergan va yaqin kunlarda u "Manchester Yunayted" tarkibiga borib qo'shiladi.

Qayd etish kerak, Xurado ayni damda "Barselona" akademiyasidagi eng iqtidorli futbolchilardan biri sifatida etirof etilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es