"Barselona"ga qarshi o'yinda g'alaba kaliti shiddatlilikda emas" - Anchelotti

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023, 17:45
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barsa"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finali oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barcha sovrinlar muhim, ular ishonch bag'ishlaydi va yaxshi atmofera yaratadi. Biz kubok uchun o'ynayapmiz va uni yutish uchun harakat qilyapmiz. Ayni paytdagi holatimizni baholay olamiz. Jamoada motivaciya bor, bosimga o'rganib qolganmiz. Bizga bu qulay, chunki o'zimizga ishonamiz.

"Barselona"ga qarshi o'yinda shiddat yaxshi usul bo'la oladimi yoki yo'q, buni bilmayman. To'liq o'yin ko'rsatib, bosimdan muvaffaqiyatli chiqib olish lozim. Barchasi turli omillarga bog'liq, shiddat g'alaba kaliti emas. Biz butun o'yinni yuqori saviyada o'tkazishimiz kerak", – dedi "qirollik klubi" ustozi.

Ispaniya Superkubogi final bahsi 16 yanvar kuni 00:00 da Saudiya Arabistonidagi "King Fahd" o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo