"Barselona"da 10-raqamning yangi egasi ma'lum

Alisher
1 sen 2021, 15:41
"Barselona" hujumchi Ansu Fati raqamini almashtirganini e'lon qildi.

18 yoshli ispaniyalik futbolchi endi 10-raqam ostida harakat qiladi.

Qayd etish kerakki, bu raqam PSJga erkin agent maqomida o'tgan Lionel Messiga tegishli edi.

Fati - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Forvard 2020/21 yilgi mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi. Forvard o'tgan yilning noyabr oyida jiddiy jarohat olgandi va haligacha rasmiy o'yinda maydonga tushgani yo'q.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com