"Barselona" yarim himoyachisini yo'qotdi

Alisher Ostonov
3 may 2025
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Pablo Torre jarohat oldi.

Bu haqda Kataloniya jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Takidlanishicha, 22 yoshli xavbek chap tizzasida noqulaylik sezmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining tiklanish muddati hozircha noma'lum. Bu mavsumda Torre barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bugun, 3 may kuni "Barselona" safarda "Valyadolid"ga qarshi bahs olib boradi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: fcbarcelona.com