"Barselona" xavbeki mavsumni "Xetafe"da yakunlaydi

Alisher
5 yanv 2021, 07:25
Klublar bitim tuzishga yaqinlar.

"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya "Xetafe"ga ijara asosida o'tadi. Klublar 22 yoshli o'yinchi borasida kelishuvga erishishga yaqinlar.

"Xetafe"da futbolchini xarid qilish huquqi bo'lmaydi. "Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini sotishni rejalashtirmayapti.

Xavbek iyunda "ko'k-anorranglilar" safiga qaytadi. Oldinroq Alenyaning o'zi o'yin amaliyoti sabab "Barsa"dan ketishni xohlayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.