"Barselona" Xasbullani "Kamp Nou"ga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2025, 15:49
"Barselona" tez orada rekonstrukciya qilingan "Kamp Nou"da o'zining ilk o'yinini o'tkazadi.

Kataloniya klubi "Kamp Nou"da bo'lib o'tadigan "Real Sosedad" (28 sentyabr) hamda "Jirona"ga (19 oktyabr) qarshi bahslar uchun rossiyalik taniql bloger Xasbulla (Xasbulla Magomedov)ga taklifnoma yubordi.

"Barselona"ga bo'lgan e'tiborni oshirish uchun ushbu bahslarga Xasbulla kabi katta auditoriyaga ega boshqa bloggerlar taklif qilingan bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou" reja bo'yicha joriy yilning 10 avgustida ochilishi kerak edi, ammo qurilish ishlari cho'zilib ketgani bois muddat cho'zilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/hasbulla.hushetskiy