"Barselona" Vidalga narx belgiladi, "Inter" esa so'ralgan pulni to'lamoqchi emas

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 16:07
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter" qiziqishlari doirasida.

Klublar ayni damda transfer borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda, biroq ular narx borasida kelisha olishmayapti.

"Inter" Lautaro Martinesni 111 mln evroga baholaganini hisobga olib, "Barselona" ham o'z futbolchisini 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ammo "Inter" 32 yoshli futbolchi uchun 15 million evrodan ko'p to'lashdan bosh tortmoqda. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport