"Barselona" uch futbolchisini sotib 90 mln evro ishlab olmoqchi
Mirjalol Normatov
25 may 2018, 21:09
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Barselona" uch futbolchisini sotib, 90 mln evro ishlab olmoqchi.
"Mundo Deportivo"ning ma'lumotiga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" yozda Pako Alkaser, Tyago Alkantara va Andre Gomesh bilan xayrlashadi. Kataloniya klubi rahbariyati futbolchilarni 30 mln evrodan baholamoqda.