

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi nemis futbolchisiga shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqchi. Ter Shtegen bunga qarshi emas.
O'tgan mavsumda ter Shtegen bir necha marotaba asosiy tarkibda maydonga tushmayotganidan noligan edi. Klaudio Bravo yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ga o'tdi.
Mark-Andre ter Shtegen va "Barselona" o'rtasidagi amaldagi bitim 2019 yilgacha belgilangan.


