"Barselona" tarixda ilk bor evrokuboklarning dastlabki ikki bahsida gol ura olmadi

Alisher
30 sen 2021, 16:28
"Barselona" CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Benfika" (0:3)ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi.

Kataloniya klubi turnirni 1-tur doirasidagi "Bavariya" (0:3)dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshladi.

"Barsa" tarixida ilk bor evrokuboklar mavsumidagi dastlabki ikki o'yinda gol ura olmadi.

Ronald Kuman jamoasi "E" guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi. "Bavariya" yetakchi (6 ochko), ikkinchi o'rinda "Benfika" (4 ochko) ketmoqda. Kievning "Dinamo" klubi esa 1 ochko bilan uchinchi o'rinda.

"Barselona" Chempionlar Ligasi doirasidagi keyingi o'yinni "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose