"Barselona" sobiq futbolchisi Jeremi Matyo faoliyatini yakunladi

Alisher
25 iyun 2020, 10:20
Fransiyalik himoyachi Jeremi Matyo faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Lissabonning "Sporting" jamoasi o'yinchisi shu haftada tizzasidan og'ir jarohat oldi.

36 yoshli Matyo shu sababdan faoliyatini yakunladi. "Sporting" va Matyo ikki tomonning kelishuviga ko'ra hamkorlikni bekor qilishdi.

Eslatib o'tamiz, 2011-2016 yillar davomida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi faoliyati davomida "Sosho", "Tuluza", "Valensiya" va "Barselona" jamoalari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo