"Barselona" sobiq futbolchisi faoliyatiga yakun yasadi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2023, 10:20
Himoyachi o'z vaqtida Yevropada o'zini ko'rsatgandi.

"Barselona" va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jeremi Mate 39 yoshida futboldagi faoliyatini yakunladi.

Matening faoliyatidagi so'nggi klub "Luyne Sports" (Fransiya birinchi mintaqaviy ligasi) bo'ldi.

Jeremi "Sporting" Lissabon, "Barselona", "Valensiya", "Tuluza" va "Sosho"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

Mate "Barselona" a'zosi sifatida Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, ikki marta La Liga va Ispaniya Kubogini yutdi. Fransiya terma jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es