“Barselona” “Sevilya”ning memiga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2021
Ispaniya Kubogi 1/2 finalidan o'rin olgan “Barselona” – “Sevilya” bahsida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchib, ikki o'yin natijasiga ko'ra finalga yo'l oldi.

Kataloniyaliklar matbuot xizmati raqib jamoa tomonidan Twitter'da qo'yilgan 17 fevraldagi memga javob qildi.

O'sha rasm YCHL 1/8 finali doirasidagi “Barselona” – PSJ uchrashuvidan (1:4) olingan bo'lib, Jerar Pikega “Yevropa Ligasi”, yugurib ketayotgan Mbappega esa “Sevilya YCHL 1/8 finalida”, deya izoh yozilgandi.

Kechagi g'alabadan keyin “Barselona” ushbu memga: “Futbolda hurmat muhim ahamiyatga ega”, deb javob qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona