“Barselona” Setenni tayinlashdan oldin besh murabbiyga taklif bilan chiqqan

Eldor Akmurzayev
2 fev 2020, 16:10
“Barsa” Ernesto Valverdeni ishdan olganidan so'ng murabbiylik lavozimiga besh nafar mutaxassisning nomzodini ko'rib chiqqani ma'lum bo'ldi.

Bular: Ronald Kuman (Gollandiya TJ), Massimiliano Allegri (ishsiz), Xavi (“Al-Sadd”), Maurisio Pochettino (ishsiz) va Francisko Pimente (“Barselona B”). 

Yakunda esa “ko'k-anorranglilar” postini “Betis”ning sobiq ustozi Kike Seten egalladi. Yangi murabbiy qo'l ostida kataloniyaliklar 4ta o'yin o'tkazib, ularning uchtasida zafar quchishdi. Yana bir o'yinda esa mag'lubiyat qayd etilgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As