"Barselona" sardori "Sevilya" bilan o'yinning 4-daqiqasida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2023, 10:53
"Barselona" yarim himoyachisi va sardori Serxio Buskets Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yin boshida jarohatlandi.

34 yoshli futbolchi "Sevilya" hujumchisi Yussef En-Nesirini chalishga harakat qilish oqibatida jabr chekdi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga 8-daqiqada Frank Kesse maydonga tushirildi. 

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Buskets to'pig'idan jarohat olgan. 

Tajribali xavbek joriy mavsum "Barselona" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes