"Barselona" Rakitichni Pyanichga almashishga tayyor

Alisher
1 may 2020, 15:54
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Barselona" Pyanichni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi va bitimga Ivan Rakitichni qo'shishga tayyor.

"Yuventus" qishda xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirgan edi, ammo Ivan Rakitich Turinga yo'l olishni rad etgan edi.

30 yoshli Pyanich joriy mavsum "Yuventus" libosida A Seriyada 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca