"Barselona" Rafinyaning o'rniga Turan yoki Vidalni qaydnomaga kiritishi mumkin
Aslanov Jasurbek
18 sen 2015, 10:45
"Barselona"ning yangi futbolchilaridan biri Aleyks Vidal yoki Arda Turan FIFA Kataloniya klubiga qo'ygan taqiqiga qaramasdan klub qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Cheklov 2016 yilgacha amal qiladi.
"Qoidalarga ko'ra, "Barselona" jarohatlangan Rafinya o'rniga yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin, FIFAning bu yerda aloqasi yo'q" - deydi "Barselona"ning aloqa bo'yicha sobiq direktori.