"Barselona" Raboga yiliga 10 mln evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 08:29
"Barselona" rahbariyati PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchiga taklif yuborishdi. Unga ko'ra, Rabo "Barselona"ga o'tsa yiliga 10 mln evro ishlab topadi.

Rabo va PSJ o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi va kelasi yil "Barselona"ga erkin agent sifatida o'tmoqchi ekanligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United