Adrien Rabo faoliyatini Italiya grandida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2025
Adrien Rabo "Milan" futbolchisiga aylandi.

Italiya klubi "Marsel" yarim himoyachisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan bitimni imzolashdi.

Avvalroq xabar qilinganidek, italiyaliklar uchun xarid 10 million evroga tushdi.

"Marsel" Raboni Jonatan Rou bilan janjaldan so'ng transferga qo'ygan edi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi Liga 1da 29 o'yinda 9 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com