"Barselona" PSJ futbolchisi bilan aloqaga chiqdi

Alisher
28 apr 2020, 17:07
PSJ himoyachisi Markinos La Liga klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Barselona" ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun Markinos bilan aloqaga chiqdi.

Kataloniya klubi markaziy himoyachi qidirmoqda va braziliyalik futbolchi "Barselona"ning short-listida bor.

Markinosning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 25 yoshli futbolchini shuningdek "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari kuzatmoqda, ammo faqat Kataloniya klubi braziliyalik bilan bog'landi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10 Sport