"Barselona" prezidentligi uchun saylov o'tadigan kun ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
10 sen 2020, 23:54
"Barselona"ning yangi prezidenti saylanadigan kun ma'lum bo'ldi.

Qayd etilishicha, saylov 2021 yilning 20 va 21 mart kunlari Ispaniyaning barcha shaharlarida bo'lishi kutilmoqda.

Odatda bir kun bo'ladigan saylov koronavirus pandemiyasi sababli ikki kun bo'lib o'tadi va bularning barchasida karantin qoidalariga rioya qilinadi.

"Barselona"ning amaldagi prezidenti Jozep Bartomeu esa saylovda o'z nomzodini qo'ymaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana