"Barselona" prezidenti: "Messi "Barselona"dan ketishni xohlamaydi"

Tolibjon Qosimov
1 okt 2018, 21:57
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu hujumchi Lionel Messi faoliyatini Kataloniyada yakunlashini ma'lum qildi.

"Messi ketishni xohlamaydi.

Biz unga har doim faqat bitta jamoada o'ynagan futbolchi bo'lishi mumkinligini aytamiz. Bu uning ham maqsadi", - dedi Bartomeu.

Oldinroq, Messi faoliyatini "Nyuells Old Boys"da yakunlash uchun Argentinaga qaytish istagi haqida gapirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thetimes.co.uk