

Klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning so'zlariga ko'ra, ko'k-anorranglilar Premer-liga, Bundesliga, A Seriya yoki Fransiya chempionatiga o'tadi.
"Hozircha Kataloniya mustaqillikka erishgani yo'q, ammo kelajakda bu sodir bo'lsa, direktorlar kengashi klub boshqa chempionatda ishtirok etishi haqida yig'ilish o'tkazadi.
1 oktyabrdagi yopiq o'yin? Biz bu voqealarga (referendumga Ispaniya hukumatining aralashuvi) munosabatimiz qanday ekanligini dunyoga ko'rsatdik. Uchrashuvni qoldirishni maqsad qilgan edik, biroq Ispaniya professional futbol ligasi bunga yo'l qo'ymadi. Bu "Barselona"dagi eng og'ir qarorlarimizdan biri" - deydi Bartomeu.



