“Barselona” Pogba uchun 50 million evro va Mina bilan Gomeshni bermoqchi

7 avg 2018, 07:14
“Barselona” rahbariyati MYU yarim himoyachisi Pol Pogbani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kataloniya klubi futbolchining transferi borasida ilk “yurish”ni amalga oshirdi, ammo inglizlar ispanlarning taklifini hozircha qabul qilishmadi.

“Barsa” MYUga Pogba uchun 50 milllion evro va jamoa futbolchilari Yerri Mina hamda Andre Gomeshni taklif qildi.“Yunayted” esa futbolchidan voz kechmoqchi emas. Pogbaga shuningdek, “Yuventus” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, APLda transfer oynasi 9 avgust kuni yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Журналист Жанлука ди Марцио сайти