"Barselona" o'z futbolchisini sotib yuborishga tayyor, biroq xaridor yo'q

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017, 15:56
"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Arda Turanga ishonch bildirmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, ammo hozircha takliflar yo'q.

"Barselona"ning asosiy muammosi - ular 2015 yilda Turanga sarflangan 34 mln. evroni transfyerdan ishlab olmoqchi. Aynan shuncha pulni ular "Atletiko" hisobiga o'tkazib berishgan.

Oldinroq, Turan xizmatlariga "Galatasaroy" qiziqish bildirgan edi, ammo Arda Turkiyaga qaytmoqchi emas. Turanning "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS