"Barselona" o'yinchisi Obameyang uyidagi talonchilik paytida kaltaklandi

Alisher
29 avg 2022, 15:41
"Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyangning uyida talonchilik qilindi va futbolchi kaltaklandi.

Voqea bugun ertalab futbolchining Kasteldefelsdagi uyida bo'lib o'tdi. To'rt nafar erkak qurollar bilan tahdid qilgan holda, bog'ga kirishdi va seyfni ochishga majbur qilishdi.

Bosqinchilar qimmatli buyumlar bilan birga avtomobilda qochib ketishdi.

Qayd etish kerakki, Obameyang rafiqasi ko'z o'nggida kaltaklangan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Pais