

Eslatib o'tamiz, La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi "Barselona"ga Olmo va Viktorni ro'yxatdan o'tkazish uchun rad javobini bergan edi. Kataloniya klubi Oliy sport kengashi (CSD)ga murojaat qildi.
"Cadena SER"ning ma'lumotiga ko'ra, CSD "Barselona"ga ushbu o'yinchilarni vaqtincha ro'yxatdan o'tkazishga ruhsat beradi. Bu haqda rasman e'lon qilinganidan keyin har ikki futbolchi maydonga qaytishi mumkin.
Ularning Ispaniya superkubogi doirasida "Atletik"ka qarshi o'ynashi hamon so'roq ostida. Lekin, kataloniyaliklar finalga chiqa olishsa, hal qiluvchi o'yinda maydonga tushishlari mumkin.
Lekin, bu yakuniy hukm emas. CSD "Barselona"ning iltimosi qonuniy asosga ega ekanligini, yani klub taqdim etgan 52 sahifalik hujjatda o'rganish uchun etarlicha dalillar borligini tan oladi.
Endilikda yuqorida qayd etilgan organning yuridik xizmatlari ishni sinchiklab o'rganib, yakuniy qaror qabul qilish uchun uch oygacha muddatga ega.




