"Barselona", nihoyat, "Borussiya" D bilan hisoblashdi

Mirjalol Normatov
13 sen 2024
"Barselona" klubi Usmon Dembelening transfer pullarini "Borussiya" Dga to'lab berdi.

2017 yili jamoaga o'tgan futbolchi uchun umumiy to'lov 148 mln evroni tashkil qildi. "Bild" ma'lumotiga ko'ra, summaning katta qismini "Barselona" osonlikcha "tushib qo'ygan". Masalan, 9,7 mln evro "Barselona"ning shunchaki YCHLga yo'llanma olgani uchun to'langan. Umumiy hisobda bonuslar 42 mln evroni tashkil qilgan.

Usmon Dembele o'tgan yozda "Barselona"dan 50 mln evro evaziga ketdi va PSJga o'tdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild