"Barselona" "Monako" himoyachisiga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
7 mar 2015, 16:41
"Monako" himoyachisi Fabino faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Kataloniya klubi braziliyalikka qiziqib qolgan. "Barselona" himoyachini o'z safiga qo'sha olmaydi va faqat 2016 yilda transferlarni amalga oshirishi mumkin. Fabinoning transfer huquqi "Riu Avi"ga tegishli. Oldinroq u "Real" tomonidan ijaraga olingan, ammo madridliklarning asosiy tarkibida o'ynamagan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru