"Barselona" Milinkovich-Savich uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2018, 17:52
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, serbiyalik futbolchi xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ko'k-anorranglilar Milinkovich-Savich transferi uchun "Real", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" bilan kurashishiga to'g'ri keladi. "Lacio" o'z futbolchisini 110 mln. evrga baholamoqda.

So'nggi mavsum 23 yoshli yarim himoyachi A Seriyaning 35ta uchrashuvida ishtirok etib, 12ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana